O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Shvetsiya siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-02-26 | Siyosat

2021-yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston-Shvetsiya siyosiy maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov, Shvetsiya delegatsiyasiga esa Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori o‘rinbosari, Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo departamenti direktori Andreas fon Bekkerat rahbarlik qildi.

Tadbir davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Stokgolmda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqiga yuqori baho berilgani alohida ta’kidlandi.

Suhbat davomida parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, qonun ijodkorligi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish, parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishdan ikki tomon manfaatdor ekanligi bildirildi.

Muzokaralar chog‘ida tashqi savdo aylanmasini oshirish, uningtarkibini diversifikatsiya qilish, Shvetsiya assotsiatsiyalari va uyushmalari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться