O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Germaniyaning “Mangold Consulting Gmbh” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-02-24 | Jamiyat

Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov boshchiligidagi ishchi guruh hamda kompaniya raisi, professor Klaus Mangold va boshqaruvchi direktor, doktor Kristof Mangol'd ishtirok etdi.

Suhbat avvalida Klaus Mangold mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, xalqaro hamjamiyat va Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning rivojlanayotgan O‘zbekistonga qiziqishi tez sur'atlar bilan o‘sib borayotganini va Germaniya ham bundan mustasno emasligini aytib o‘tdi.
 
Tadbirda E.Muxitdinov vazirlik va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilganligini, bunga misol sifatida ijtimoiy soha, xususan, mutaxassislarni tayyorlash orqali ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan yaqin aloqalar o‘rnatilayotganligini ta'kidladi.
 
Shuningdek, tadbir davomida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tashqi mehnat migratsiyasi va kasb-hunarga o‘qitish sohalarini rivojlantirish, bundan tashqari majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari xususida ham so‘z yuritildi.
 
Ta'kidlash joizki, bunday uchrashuvlar kelgusida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
 
 
(Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, 2019-yil oktabr oyida Mangold Consulting rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi, biroq COVID-2019 pandemiyasi tufayli bu hamkorlik vaqtincha to‘xtatilgan edi).

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться