O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar parlamenti spikeri oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2021-02-24 | Siyosat
2021-yilning 23-fevral kuni Dohada Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Qatar Davlati Shoʻro Kengashi (parlamenti) spikeri oʻrinbosari Muhammad al-Sulayti bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatlar qonun chiqaruvchi organlari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish va mustahkamlash masalalari, shu jumladan, qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish, oʻzaro tashriflarni muntazam ravishda tashkil etish hamda tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnik-moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha parlamentlararo doʻstlik guruhlarini tuzish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi xalqaro tuzilmalar, xususan, BMT va IHT doirasidagi oʻzaro munosabatlarning baʼzi jihatlarini koʻrib chiqdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi