O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar toʻgʻrisida
2021-02-23 | Siyosat
2021-yilning 23-fevral kuni Doha shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov Qatar Davlati Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Suhbat davomida tomonlar Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qilib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda muhim salohiyat mavjudligini taʼkidladilar.
Ikki tomonlama siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikni sezilarli darajada oshirish muhimligi qayd etildi.
Qatar Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonda davlat va jamiyatqurilishi, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.
Qatar tomoni Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekistonning sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.
Muloqot davomida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa masalalarni ham koʻrib chiqdilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi