26-fevral kuni Samarqand viloyat Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi o‘tkaziladi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 2021-yil 22-fevralda “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi 2021-yil 26-fevral kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonovning “Viloyatda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida”gi hisoboti;
- viloyatda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududgaz Samarqand” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari O.Isaqulovning hisoboti;
- viloyat monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Bekqulovning “2021-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi hisoboti;
- boshqa masalalar.
Manba: Sаmаrqаnd vilоyati hоkimligi