O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining Afgʻonistonga bo‘lajak amaliy tashrifi toʻgʻrisida
2021-02-22 | Siyosat
2021-yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlaydigan qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari boʻyicha fikr almashiladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi