O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyatida yana ikkita Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

2021-02-22 | Texnologiyalar

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarni tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatining eng olis va cho‘l hududlari bo‘lgan, Zarafshon shahri va Uchquduq tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ham ochildi. Bugungi kunda Navoiy viloyatining 7 ta tuman va shaharlarda o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Markazlarning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi hamda mahalliy hokimliklar rahbar va xodimlari, tuman yoshlari va keng jamoatchilik vakillari ishirok etdi.

Mazkur “Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz”lari Zarafshon shahridagi “Yoshlik” MFY hududida hamda Uchquduq tumani pochta aloqasi bo‘limining binolarida joylashgan bo‘lib, zarur texnologik vositalar, yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan.

Tashkil etilgan markazlarda hudud yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanishdasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizaynrobototexnikaveb dizayn asoslari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z bilim, malakalarini oshirib boradilar.

Ushbu markazlarning har birida yiliga 1000 nafardan ortiq yoshlarimizga va “temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida zamonaviy bilimlar berilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться