O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-02-20 | Siyosat
2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov videokonferensaloqa shaklida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va BMT hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida ilgari surgan tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishning hamda Tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” bajarishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar transport-logistika, texnologik va innovatsion bog‘liqlikni rivojlantirishga oid ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ham fikr almashdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi