O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan

2021-02-19 | Siyosat

Xalq deputatlari kengashining sessiyasida Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari aholi bandligi va daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish birinchi muhim vazifa ekanini ta’kidladi. “Mahallabay” tizimda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 850 milliard so‘m kreditlar ajratishga ko‘rsatma berildi.
 
Shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan viloyatga 60 million dollar ajratilishi aytildi. Buning hisobidan Namangan shahri issiqlik tizimini qayta qurishga 15 million dollar, eski shahar infratuzilmasini yaxshilash va kanallar qirg‘oqlarini obodonlashtirishga 10 million dollar, mahallalardagi drayver loyihalarni moliyalashtirishga 10 million dollar, limonchilikni rivojlantirishga 10 million dollar yo‘naltiriladi. Kichik va yoshlar sanoat zonalariga, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga, kreditlar foizining bir qismini qoplashga 5 million dollardan beriladi.
 
Namangan viloyatida 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 23 trillion 700 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi qayd etildi. Ushbu 1 ming 728 ta loyiha orqali 66 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
 
- Namanganga o‘ttiz yillik tarixda buncha mablag‘ kelmagan. Agar shuni to‘g‘ri, samarali yo‘naltirib ishlatsak, viloyatning iqtisodiyoti jadal rivojlanadi, hamma tumanlarga sanoat kirib boradi, odamlar ishli bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlar tarkibini o‘zlashtirish muhimligi ta’kidlandi. 17 ming gektar yer ajratib, 200 ming nafar yosh, paxta klasterlari tomonidan har bir tumanda tikuvchilik korxonalarini ishga tushirib, 10 ming nafar ayollar bandligini ta’minlash vazifasi belgilandi.
 
Yangiqo‘rg‘on kartoshkachilik markazi, Vengriya bilan hamkorlikda kartoshkachilik yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berildi.
 
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu yil viloyatda 160 kilometr ichimlik suvi va 11 kilometr oqova tarmoqlari qurish uchun byudjetdan 59 milliard so‘m hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Buning natijasida yana 167 ming nafar aholi toza ichimlik suv bilan ta’minlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться