O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi hokim qarorlarini elektron qabul qilish tizimini ishga tushirdi: Qashqadaryoda viloyat hokimining birinchi elektron qarori qabul qilindi

2021-02-19 | Jamiyat

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishida qonunchilikning maqbulligi, mukammalligi, oshkoraligi, xalqchilligi va samaradorligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Shu bois, mahalliy norma ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish, ushbu sohaga zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilinishi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
 
Shu maqsadda joriy yil 14-aprel kuni qabul qilingan Hukumat qarori (218-son) bilan hokimlar qarorlarini qabul qilish jarayonini butunlay elektron shaklda amalga oshirilishini nazarda tutuvchi “E-qaror” elektron tizimini ishga tushirish belgilandi.
 
Hukumatning mazkur qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan hokim qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron “E-qaror” tizimi ishlab chiqildi.
 
Tizim nimalar beradi?
 
Birinchidan, qonuniylik va qonun ustuvorligi ta'minlanadi. Tizimga hokim tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan barcha qarorlar tahlil qilinib, hokimning barcha manfaatdor vazirlik va idoralardan turli ekspertizalardan o‘tkazilgan 100 ga yaqin namunaviy qaror loyihalari kiritilgan. Bu hokim qarorini ishlab chiquvchilarga qulaylik tug‘dirib, qonun buzilish holatlarining oldini oladi. Shuningdek, hokim qaror loyihalarini ishlab chiqishdan boshlab qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar adliya organlari tomonidan monitoring qilib boriladi.
 
Ikkinchidan, hokimlar faoliyatida shaffoflik kuchaytiriladi.
 
“E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan har bir qarorlarga e-qaror.gov.uz saytida takrorlanmaydigan maxsus raqam beriladi va avtomatik tarzda e'lon qilinadi, ushbu qarorlar bilan barcha fuqarolar va OAV vakillari, keng jamoatchilik tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa o‘z navbatida hokimlikning norma ijodkorligi jarayoni ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga, mavjud qonun buzilishlarga tezkor munosabat bildirish imkoniyatini beradi.
 
Uchinchidan, sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalari joriy etiladi.
 
Hokimlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning elektron tizim orqali amalga oshirilishi, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Ya'ni qarorlarni kelishish, ularni ro‘yxatga olish, raqamlash barchasi elektron amalga oshiriladi.
 
Shuningdek, hokimlarning “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadigan qarorlari avtomatik ravishda mazkur hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi axborot tizimi – «LexUZ»da e'lon qilib boriladi.
 
To‘rtinchidan, fuqarolarning jamoatchilik nazoratidagi o‘rni va roli oshadi.
 
“E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha hokimliklarida joriy etish orqali fuqarolarimizning mahalliy norma ijodkorligi jarayonida faol ishtiroki ta'minlanadi, hokimliklar tomonidan fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklari poymol bo‘lishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha ma'muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar o‘rnatilishining oldini olish yuzasidan munosabat bildirish imkonini yaratadi.
 
Bundan tashqari, Adliya vazirligi tomonidan “E-qaror” elektron tizimidan tashqari qabul qilinadigan hokimlar qarorlarini haqiqiy emas deb topish hamda bunday qarorlarni amalga kiritgan mansabdor shaxslarga javobgarlikni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
 
“E-qaror” elektron tizimi 2021-yil yanvar-may oylarida Qashqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori “E-qaror” yagona elektron tizimi orqali qabul qilindi.
 
Eksperiment doirasida aniqlangan kamchilik va muammolar bartaraf etilib, tizimning 2021-yil 1-iyuldan respublikadagi barcha hokimliklar faoliyatiga joriy etilishi nazarda tutilgan.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться