O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv
2021-02-18 | Siyosat
2021-yil 18-fevral kuni Dushanbe shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarining dolzarb masalalari, oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyodagi davlatlaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tovarlar eksportini kengaytirish, yangi transport koridorlarini yo‘lga qo‘yish va mintaqaviy bozorlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.
Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi