O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog‘iston Prezidenti bilan uchrashuv
2021-02-18 | Siyosat
2021-yil 18-fevral kuni Nur-Sulton shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan qabul qilindi.
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlar va hududlarning o‘zaro aloqalarini jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha shakllanayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yangi istiqbolli bozorlarga birgalikda kirish bo‘yicha rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi