O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2021-02-17 | Siyosat
2021-yil 17-fevral kuni Turkmanistonga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida tashqi siyosiy idoralar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, o‘zaro bog‘liqlikni yangi – mintaqalararo bosqichga olib chiqish uchun shakllanayotgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Vazir Turkmaniston tomonini joriy yil Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajadagi Xalqaro konferensiyaga taklif qildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2021-2022--yillarga mo'ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi