O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika maxsus komissiyasining axboroti

2021-02-17 | Sog‘liqni saqlash

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish va vaksinani mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lum qilinganidek, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etilgan.
 
Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflari chog‘ida Innovasion rivojlanish vazirligi (O‘zbekiston) Fan va texnika vazirligi (Xitoy) o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mita faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
 
Mazkur qo‘mita tomonidan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishda hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘rilmoqda.
 
Jumladan, Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan “ZF 2001” vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari Xitoydan tashqari birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
 
Hamkorlik doirasida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan belgilangan tartibda mazkur vaksinaning barcha xavfsizlik ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazildi, uning ijobiy natijalari asosida hamda Etika qo‘mitasining vaksinani klinik tadqiqotlari o‘tkazishning etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalari asosida aholi orasida uchinchi bosqich klinik sinovlarga yo‘naltirildi.
 
Bugungi kungacha klinik sinov talabiga muvofiq “vaksina/plasebo” sxemasi asosida 6 830 nafar ko‘ngilli emlangan, ularning birortasida o‘ta nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.
 
“Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va ca'y-harakatlarini inobatga olib, mamlakatimizni “ZF 2001” vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani “ZF-UZ-VAC 2001” nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.
 
Shuningdek, “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan mazkur vaksinani O‘zbekistonda mahalliylashtirish maqsadida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan bir qator farmasevtika korxonalari faoliyati o‘rganildi, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, “Jurabek Laboratories” MChJ QK tanlandi.
 
Yig‘ilishda ushbu vaksinaning mamlakatda uchinchi bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilayotgani va O‘zbekistonni bu vaksina yaratilishi va ishlab chiqarishda hammuallif davlat etib belgilanganligini inobotga olib, “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasini favqulotda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat berish masalasi muhokama qilindi.
 
Shu maqsadda koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar, “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinasidan 1 million doza xarid qilish va mamlakatimiz aholisini ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash tadbirlariga yo‘naltirish masalalasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga muhokamaga kiritish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Поделиться