O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo‘mitasi raisi hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyatiga bordi
2021-02-15 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 12-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Dastlab, viloyat statistika boshqarmasi bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, “1-KB yillik” – mikrofirma va kichik korxonalarning 2020-yil uchun xisoboti va “1-FX yillik”– fermer xo’jaliklari faoliyati to’g’risida 2020-yil uchun xisoboti statistik hisobotlarining o‘z vaqtida sifatli qabul qilish samaradorligini oshirish yuzasidan alohida topshiriqlar berdi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Qo‘mita rahbari 2023-yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, jamoatchilikka qilinayotgan targ‘ibot ishlari bilan tanishib, faollikni yanada oshirish, puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar berdi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik ko‘rsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Yangier tuman statistika bo‘limi tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita raisi xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e'tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berdi.
Sirdaryo viloyatiga tashrif davomida qo‘mita raisi Guliston shahridagi markaziy dehqon bozorida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
O‘z navbatida, qo‘mita raisi Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi