O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xushboʼy kalina

2021-02-12 | Ekologiya

Koʼcha va xiyobonlarga qishin-yozin oʼzgacha tarovat bagʼishlaydigan manzarali butalar, gullar, yam-yashil maysalar kishini eʼtiborsiz qoldirmasligi aniq.

Shunday butalardan biri xushbuy kalinadir. Xushbuy kalinaning vatani Xitoyning shimoliy hududlari hisoblanadi. Bu buta qishga chidamli oʼsimlik boʼlib, respublikamizning quruq-issiq iqlimiga yaxshi moslashgan. Xushbuy kalina barg chiqarmasdan oldin oq va pushti rangda gullaydi, gullash vaqtida ajoyib yoqimli hid taratadi. Uning yoqimli hidi 50 metr masofadan seziladi. Hidi nafaqat insonlarni balki, hasharotlarni ham oʼziga jalb qiladi.

Gullash davomiyligi 25-30 kun. Boʼyi 2,5-3metrgacha, soyaga bardoshli va namlikni xush koʼruvchi buta. Yoz boʼyi yashil rangda turuvchi barglari kuz faslida qizgʼish tusga kirib ajoyib manzara kasb etadi. Kuzning sovuq kunlarida barg tashlaydi. Tuproqqa talabchan emas. Kesish yaʼni shakl berishga chidamli, oʼzini tiklash xususiyati yuqori. Kam hollarda urugʼidan, koʼproq qalamchalaridan va parxish qilish yoʼli bilan koʼpaytiriladi. Chunki Oʼzbekiston sharoitida bahorgi qor va yomgʼir tufayli urugʼ yuqoladi. Qalamchadan koʼpaytirish samarali boʼlib, bir yillik novdalar tanlab olinadi va qalamchalar tayyorlanadi. Stimulyatorlar yordamida qisqa muddatda ildiz olib, koʼchat holatiga keladi. Yakka holda va guruh holatida ekish mumkin.

Аyni kunlarda FА Toshkent Botanika bogʼida xushboʼy kalina qiygʼos gul ochib, oʼz iforini taratib turibdi.

Kalina bogʼga tashrif buyuruvchilarga oʼzining xushbuy hidi va chiroyli gullari bilan yaxshi taassurot qoldirishi shubhasiz. Toshkent Botanika bogʼiga albatta tashrif buyuring hamda ushbu goʼzallikdan bahra oling!

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Поделиться