O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy Kengash bosh kotibi Turkiya Superkubogini O‘zbekistonda o‘tkazish taklifini bildirdi

2021-02-10 | Sport

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov kecha Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash) bosh kotibi Bagdad Amreyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘FA maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Turkiy Kengashga aʼzo mamlakatlarda sportni, xususan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalar tashkil etish, futbol tashkilotlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Suhbat davomida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Turkiy Kengash aʼzo mamlakatlari o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini taʼkidlab, sport barcha xalqlarni birlashtirib, madaniyatlar uyg‘unligiga xizmat qiladigan muhim omil ekanini eʼtirof etdi.

Bagdad Amreyev tashkilotga aʼzo mamlakatlarning Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati mavjud ekanini bildirib, bunday bellashuvlar turkiy xalqlar o‘rtasida nafaqat futbolni, balki o‘zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Bagdad Amreyev Turkiya Superkubogini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Turkiy Kengash muzokaralar olib borib, tashkilot homiyligida mazkur bahsni yurtimizda bo‘lib o‘tishini taʼminlash yuzasidan o‘z taklifini berdi.

O‘z navbatida, Ravshan Ermatov Turkiy Kengash bosh kotibiga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorchilik izhor etdi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuqorida tilga olingan takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться