O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TTDHK Bosh kotibi bilan uchrashuv
2021-02-08 | Siyosat
2021-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Turkiy kengashi o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Turkiy kengashga kirishi turk dunyosining birligini mustahkamlashda tarixiy voqea bo‘lganligi va o‘zaro manfaatli sheriklikning ilgari foydalanilmagan imkoniyatlarni ochishga hissa qo‘shgani qayd etildi.
Turkiy kengashi doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 2019 va 2020-yillarda Tashkilot sammitlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishning muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tashkilot doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali, jumladan O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turizm vazirlari, yoshlar va sport masalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvlari, shuningdek, turkiy tilli davlatlar yosh tadbirkorlari forumi to‘g‘risida fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiy kengashi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi