O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qilichbozlarimiz xalqaro turnirni 4ta medal bilan yakunlashdi

2021-02-08 | Sport

Shu yil 5-7-fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Kecha yakuniga yetgan musobaqaning sablya yo‘nalishida o‘tgan bahslarda ayollar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, yakshanba kungi bahslar ham terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Shu kuni hamyurtlarimizdan Zaynab Dayibekova yarim finalgacha yetib bordi, biroq final ostonasida imkoniyatni boy berib, yakunda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamizning yana bir vakilasi Shahnoza Tog‘aymurodova esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval yigitlarimizdan Sherzod Mamutov oltin, Pazil Genjebayev bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi.

Shu tariqa, qilichbozlik bo‘yicha terma jamoamiz Bolgariyadagi xalqaro turnirni bittadan oltin va kumush, shuningdek, 2ta bronza medali bilan yakunlashdi. Endi sportchilarimiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Gruziyaga yo‘l olishadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться