O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat tilida ish yuritish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi
2021-02-05 | Madaniyat
“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyati hududiy filiallarida davlat tilida ish yuritilishi, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonnomalari hamda sertifikatlarni davlat tilida rasmiylashtirilishining holati oʻrganildi.
Filiallarning laboratoriyalari va boshqa ish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, davlat tilida ish yuritishda nimalarga eʼtibor qaratilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda Bosh direktorning maslahatchisi A.Pardayev tomonidan tashkilotlarda hujjatlarning davlat tilida boʻlishi va yangi nashrdan chiqqan “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmasining ahamiyatli jihatlari tilga olindi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi