O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH doirasidagi Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari to‘g‘risida
2021-02-04 | MDH
2021-yil 4-fevral kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar tashqi siyosiy mahkamalari va MDH Ijroiya qo‘mitasining tegishli departamentlari boshliqlari ishtirok etdi.
MDH makonidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari hamda boshqa masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.
Uchrashuv chog‘ida 2020-yil uchun Ko‘p darajali Tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvlari rejasining ijrosi haqidagi axborot ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. MDHga a’zo davlatlar tashqi siyosiy mahkamalari o‘rtasidagi sheriklikni jadallashtirish bo‘yicha Harakatlar dasturining ijrosi haqidagi axborot ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi