O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar organlari xodimlariga sog'lom turmush tarzi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi
2021-02-04 | Sog‘liqni saqlash
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-noyabr kunidagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4887-son qarori hamda Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov tomonidan 2020-yil 14-oktabr kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom ovqatlanish turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” va 2020-yil 24-dekabrdagi “Ichki ishlar organlarida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida,
Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik R.A.Xatamov tomonidan 2021-yilning 20-yanvar kunida tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 3-fevral kuni IIV Tibbiyot boshqarmasining etakchi mutaxassislari ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi o'rtasida o'quv seminari o'tkazildi.
Mazkur o'tkazilgan o'quv seminarida to'g'ri va sog'lom ovqatlanish hamda nosog'lom turmush tarzi orqali surunkali kasalliklarga olib keluvchi omillarning oldini olish borasida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Savol-javob tarzida o'tgan seminarda shaxsiy tarkib tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan etarlicha javoblar olishdi.
Shuningdek, IIV Tibbiyot boshqarmasining etakchi mutaxassislari tomonidan 40 (qirq) va undan yuqori yoshdagi viloyat ichki ishlar organlari xodimlarida yurak-qon tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa noinfektsion xavf omillarini) aniqlash bo'yicha o'tkazilayotgan skrining tekshiruvlar holati ham o'rganib chiqilib, tekshiruv davomida ular tomonidan qo'shimcha fikr va mulohazalar bildirib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi