O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek va turk olimlari ishtirokida «Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi

2021-02-04 | Madaniyat

Joriy yil 5-6 fevral kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Turkiy Kengash va TURKSOY xalqaro tashkilotlari hamkorligida «Alisher Navoiy dunyo sharqshunoslari nigohida» mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferensiya o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda turk adabiyotshunoslari va navoiyshunoslari, Turkiyaning qator universitetalari  professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi, o‘nlab olimlar ilmiy maʼruzalar qiladi.

Onlayn-konferensiyaning maqsadi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ilmiy-maʼnaviy merosini o‘rganish bilan birgalikda navoiyshunos olimlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelajakda birgalikda ilmiy almashinuvlarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining dunyo tamadduniga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishida asosiy rol o‘ynagan ulug‘ siymolardan biri. Ayni vaqtda buyuk mutafakkir umumturkiy adabiyotning qudratli namoyandalari qatorida sharafli o‘rin egallagan.

Turkiyadagi Xoji Bayram Valiy nomidagi Anqara davlat universiteti rektori professor Yusuf Tekin Alisher Navoiy o‘z davrida turkiy adabiyot uchun etalon yaratdi va uning bu kabi samarali taʼsiridan biron-bir turkiy xalq adabiyoti xoli emasligini taʼkidladi. Turkiy xalqlarning barchasi asrlar davomida Alisher Navoiy asarlarini asl nusxasida o‘qib kelgan. Turkiyalik mashhur adabiyotshunos olim Yusuf Chetindag‘ «XVI asrni umumturk olamida «Navoiy asri» deyilsa, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi», deb eʼtirof etgan.

Turkiyada Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida tadqiqotlar olib borilmoqda, uning asarlarini nashrga tayyorlash ishlari keng rivojlangan.

Mamlakat matbuotida Navoiyga bag‘ishlab yuzlab maqolalar eʼlon qilingan va chop etilmoqda. Istanbullik olim Jahon Oqquyujining maʼlumot berishicha, Turkiyada Navoiy asarlarining 100 dan ziyod qo‘lyozmalari saqlanadi. Jumladan, “Kulliyot”ining ikki eʼtiborli nusxasi mavjud. Hozirgi kunda Turkiya navoiyshunoslari va O‘o‘bekistonlik olimlar o‘rtasida mazkur yo‘nalishda yaqindan aloqa o‘rnatilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться