O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
FAO Bosh direktori bilan uchrashuv
2021-02-03 | Siyosat
2021-yilning 2-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sherzod Asadov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashdi.
Tomonlar oʻzaro hamkorlikning darajasi va surʼatini yuqori baholadilar. 2020-yilning noyabr oyida Oʻzbekiston raisligida onlayn rejimda boʻlib oʻtgan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasining 32-yigʻilishi natijalari va tavsiyalarini bajarish mexanizmlari muhokama qilindi.
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha hamkorlikning ustuvor ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
2021-2022-yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mintaqaviy konferensiyasida raisligini samarali amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi xalqaro hamda mintaqaviy tashabbuslarda mamlakatimiz ishtirokini faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida FAO Bosh direktori Suy Dunyuyga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va qishloq mintaqalarini rivojlantirishga, respublika va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikkai qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni topshirish bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi