O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston delegatsiyasini qabul qildi

2021-02-02 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi – mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur’atini saqlab qolish va oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Afg‘oniston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Prezidentini ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘anining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.

O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan qat’iy sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirildi.

Bugun Toshkent shahrida yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruh birinchi yig‘ilishining samarali yakunlari yuksak baholandi.

Tomonlar ushbu loyihani tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash, qabul qilingan “yo‘l xarita”si asosida xorijiy hamkorlar va salohiyatli investorlarni faol jalb qilish muhim ekanini ta’kidladilar.

Bundan tashqari, uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu borada so‘z yuritilganda, avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun qulay sharoitlar yaratish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oshirishni qayd etish lozim.

Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak tadbirlar va muloqotlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться