O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2021-02-01 | Siyosat

2021-yilning 1-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chog’ida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston tomonining Afgʻoniston iqtisodiy infratuzilmasini tiklashdagi ishtirokini yuqori baholadi. Transport, aloqa, energetika va boshqa infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni oʻrnatish uchun afgʻonlararo siyosiy muzokaralarning muqobili yoʻqligini ta’kidladilar.

Afgʻoniston tomoni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladi.

Delegatsiyalar rahbarlari boʻlajak qoʻshma tadbirlar rejasini muhokama qildilar va kelishib oldilar.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться