O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida xalqaro shartnomaning kuchga kirishiga oid
2021-02-01 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida maxfiy axborotni almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bitim 2021-yil 26-yanvardan e’tiboran kuchga kirdi. Bitim 2019-yil 28-may kuni Toshkent shahrida imzolangan edi.
Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy va boshqa sohalarda ikki tomonlama o‘zaro aloqalarning faollashuvini hisobga olgan holda maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish hamda almashish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan.
Xalqaro shartnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi