O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi

2021-01-30 | Siyosat

30-yanvar - O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu an’anaga aylangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.

Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Marosimda Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Manba: O'zA

Поделиться