O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Qoraqalpogʻistonda yoshlar bilan uchrashdi

2021-01-28 | Ta’lim

Ayni kunlar Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati holatini oʻrganish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, maktablarni OTMlarga biriktirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tashkil etish, xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik boʻyicha amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif mobaynida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Qoraqalpogʻiston davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi.

Unda Qoraqalpogʻiston davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti faol talabalari qatnashdi.

Erkin va ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularni qiynayotgan muammolarni tizimli oʻrganish orqali hal qilishga alohida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlar ekan, Taʼlim inspeksiyasi ham yoshlar bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyor ekanligi maʼlum qildi.

–Davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim tarbiya, xususan, yoshlarga juda katta ahamiyat qaratilmoqda. Bugungi kunda yoshlar siyosati, taʼlim tarbiya masalasi eng ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Oʻtgan vaqt davomida mazkur yoʻnalishda oldimizga juda katta vazifalar qoʻyildi. Pandemiya vaqtida juda koʻp sinovlarni yengib oʻtishimizga toʻgʻri keldi. Ayni davrda oliy taʼlim muassasalari hamda talabalarning masofaviy taʼlimga tayyorgarlik darajasi hamda infratuzilmadagi muammolar yaqqol koʻzga tashlanib qoldi. Bu esa oldimizda turgan vazifalarning naqadar dolzarbligini bildiradi.

Sir emaski, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan har bir talaba mamlakatimizning ertangi kuni, mamlakatimiz rivojining davomchilari hisoblanadi. Shunday ekan, Sizlar oliy taʼlim muassasasini tamomlaganda oʻz yoʻnalishingiz va kasbingizning mohir egasi boʻlishingiz kerak. Ammo olingan bilimni hayotga tatbiq etmasdan turib, bunga erishish mumkin emas. Pedagog boʻlish uchun fundamental bilim bilan bir qatorda ushbu bilimlarni amaliyotda ham qoʻllay olish ham juda muhimdir.

Shu nuqtayi nazardan, endi faqat auditoriya mashgʻulotlari bilan cheklanib qolmasdan, mustaqil taʼlim orqali oʻz bilim va salohiyatlaringizni oshirib borishingiz har tomonlama foydali boʻladi.

Davlatimiz rahbarining Siz yoshlarga qarata, “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qoʻl urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-gʻayratingiz va azmu shijoatingizga suyanamiz,” deganlari ham bejiz emas. Chunki siz yoshlar biz kattalardan farqli ravishda dunyoga boshqacha koʻz bilan qaraysiz. Muammolarga zamonaviy, innovatsion yechimlarni taklif qila olasiz. Shuning uchun ham doim Siz bilan uchrashib suhbatlashib birgalikda harakat qilishimiz, oldimizga quygan maqsadga yetishda juda muhim deb hisoblayman, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻz nutqida.

Muloqot davomida talabalarning maktab taʼlimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash, xususan qoraqalpoq tilidagi badiiy va ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan doimiy boyitib boriladigan alohida saytni ishga tushirish taklifi ilgari surildi. Bu saytga joylashtiriladigan maʼlumotlar maktab oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun qoʻshimcha manba boʻlib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, faol yoshlar talabalik paytidanoq ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish, zamonaviy texnologiyalar foydalanish, turli innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha oʻqituvchilarga yordam berishi, takliflar kiritishi lozimligi taʼkidlandi.

Oʻz navbatida, talabalar tomonidan taʼlim tizimini takomillashtirish hamda sohada sifat koʻrsatkichlarining yangi bosqichga koʻtarish uchun talabalar orasida reyting tizimini joriy etish, yoshlarning biznes loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash, band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar va biznes yuritish koʻnikmalariga oʻqitish, chet el universitetlari bilan imzolanayotgan memorandum va uchrashuvlarda talabalar Kengashi aʼzolari ham ishtirok etishini taʼminlash kabi takliflar bildirildi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi bildirilgan barcha takliflarni qoʻllab-quvvatlashini bildirib, bu borada hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va rejalar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться