O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Taraqqiyot dasturi Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni yana-da jadallashtirishga tayyorligini bildirdi

2021-01-27 | Ekologiya

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash yo‘llarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Senat axborot xizmati manbasiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston Prezidentining «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida  vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Taʼkidlanishicha, rejalashtirilgan 1 ming 359 ta investitsiya loyihasidan 705 tasi ishga tushirildi, natijada 4 ming 500 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu hujjatga muvofiq qiymati 1 trillion 209 milliard so‘mlik jami 2 ming 788 ta loyiha va obyektni amalga oshirish hamda 1 milliard dollardan ziyod xorijiy grantlar va investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Matilda Dimovska parlament nazorati sohasida Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikni, BRM doirasida belgilangan dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, ekologik fojiadan eng ko‘p zarar ko‘rgan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida qayd etdi.

Uchrashuv doirasida BMTTDning mazkur yo‘nalishdagi saʼy-harakatlari haqida so‘z yuritildi.

Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammoning murakkabligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, O‘zbekiston tomoni o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. O‘z navbatida, BMTTD Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) birlashtirish tashabbusi doirasida o‘z yo‘nalishlarini ham belgilab olgani qayd etildi.

M.Dimovska davlatimizning Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha saʼy-harakatlarini yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra ushbu mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash uchun yechim topish va aniqlashda yordam ko‘rsatish, tizimli innovatsion yondashuv va yangi moliyaviy vositalarni targ‘ib qilish, shuningdek innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi sifatida Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha ekologik Konsepsiya va «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish yo‘lida BMTTD imkoniyatlar izlamoqda.

Tomonlar mintaqani, shu jumladan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro muloqotni kuchaytirishga, “yashil” iqtisodiyotni amalga oshirishda samarali hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться