O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston energetika vazirligida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-01-26 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Holid al-Falih bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazirlik matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Holid al-Falih Saudiya Arabistoni delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi pandemiya oqibatida yuzaga kelgan uzoq davom etgan karantindan keyingi xorijga ilk safari ekanini qayd etdi.

Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Toshkent shahriga 2017-yildagi so‘nggi tashrifidan beri O‘zbekiston iqtisodiyoti transformatsiyasi izchil rivojlanayotganini taʼkidladi.

Podshohlik vakillari O‘zbekistonda biznes yuritishdagi ochiqlik va professionallikni alohida qayd etdi. Bunga mamlakat Prezidentining yetakchilik fazilatlari tufayli erishilgani va mazkur vaziyat yirik investorlar hamda energetika kompaniyalariga O‘zbekistonning istiqbolli energetika bozoriga kirib kelish imkonini berayotganini aytdi.  

Holid al-Falih, shuningdek, «ACWA Power» tomonidan amalga oshirilayotgan Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasi Saudiya Arabistoni kompaniyalari tomonidan mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli investitsiyalar uchun faqat boshlanishi ekaniga ishonch bildirdi.

Saudiya tomoni O‘zbekistonda «ACWA Power» kompaniyasi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish bo‘yicha boshlanayotgan loyiha doirasida vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qilishdan umidi katta ekanini taʼkidladi.  

Muzokaralar yakunida tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться