O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suzuvchi pontonlar

2021-01-25 | Fan

 “Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda innovatsion ishlanma ishlab chiqarish jarayoni joriy etildi.

“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodi Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti qoshidagi “Kimyoviy Texnologiya” MChJ bilan hamkorlikda 7236 dona suzuvchi ponton ishlab chiqarish va korxonaga yetkazib berish ishlarini amalga oshirdi.

Suzib yuruvchi pontonlarning birinchi navbati zavodga keltirilgach, yongʼinni oʼchirish boʼyicha sinovdan oʼtkazildi va ijobiy natija koʼrsatdi.

Joriy yilning 18-19-yanvar kunlari zavod va “Kimyoviy Texnologiya” MChJ mutaxassislari tomonidan 7236 dona suzuvchi pontonlar 55-VPSga muvaffaqiyatli yuklandi.

Ushbu yangi dizayndagi polietilentereftalat (PET) pontoni qabul qilish, tarqatish, saqlash va sigʼimlarda toʼsatdan paydo boʼlgan yongʼinni oʼchirish paytida neftь mahsulotlari va gaz kondensatining bugʼlanishi natijasida yengil uglevodorodlarning yoʼqolishini bartaraf etishga moʼljallangan.

Bunday ponton yongʼin, portlashga qarshi maxsus koʼpik hosil qiluvchi eritma va inert gaz bilan toʼldiriladi (http://www.academy.uz/uz/news/neft-va-gaz-konlarida-foydalanish-uchun-ot-ochirish-moslamalari).

Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti tomonidan rezervuarlar uchun modernizatsiya qilingan suzuvchi ponton ishlab chiqilgan va №SAP 01058 raqamli ishlab chiqarish namunasiga “Rezervuarlar uchun pontonli qurilma” mavzusida patent olingan.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Поделиться