O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv
2021-01-20 | Siyosat
2021-yilning 20-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Demiya Zuxeyr Haddodni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olib, Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va unga masʼuliyatli diplomatik missiyasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini hamda BMT, Islom hamkorlik tashkiloti hamda boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro munosabatlarni muhokama qildilar.
Turli darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi