O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2021-01-19 | Iqtisodiyot

18-yanvar kuni moliya vaziri Timur Ishmetovning Jahon banki (JB) vakillari - JB ning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, JB ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va JB bosh iqtisodchisi Vinayak Nagaraj bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Hukumatning 2021-yilga mo'ljallangan iqtisodiy rivojlanish sohasidagi rejalari, jumladan, xususiy sektorni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xususiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, qisqa va o'rta muddatli istiqbolda davlat tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi bosqichi ko'rib chiqildi. 2022-2026 yillarda mamlakat va Jahon banki o'rtasida ishlab chiqilayotgan hamkorlik dasturi doirasida ushbu sohalarda hukumatga ko'maklashish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar yuqorida qayd etilgan dastur doirasida hamkorlikning yo'nalishlari, jumladan, Jahon bankining qishloq xo'jaligi, aviatsiya va kimyo sanoatida keyingi islohotlarni amalga oshirishga ko'maklashish yuzasidan fikr almashdilar.

Jahon banki agrosanoat sohasini modernizatsiya qilish, davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirish, shuningdek, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga ko'mak berish niyatlari yana bir bor tasdiqlandi.

Uchrashuv ishtirokchilari koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha hukumatning chora-tadbirlarini muhokama qildilar. Pandemiya natijasida mamlakat uchun qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xo'jaligi, davlat korxonalarini boshqarish, bank sektori va boshqa ustuvor sohalarda islohotlarni davom ettirish zarurligi ta'kidlandi. Ilgari amalga oshirilgan islohotlar O'zbekistonga iqtisodiy inqirozni yanada samarali hal etishga yordam berayotgani ta'kidlandi. 

Jahon banki vakillari O'zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirishda hukumatga moliyaviy va texnik yordam ko'rsatishni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться