O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Jizzax viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

2021-01-18 | Ta’lim

Maʼlumki joriy yilning 15-16-yanvar kunlari Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi.

Viloyatga tashrif mobaynida 16-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Jizzax shahridagi 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda 105 oʻringa moʻljallangan muassasada 68 nafar oʻquvchi tarbiyalanmoqda. Mazkur oʻquvchilarga 17 nafar malakali pedagoglar taʼlim berib kelmoqda.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvda ularning qiziqishlari va kelajakdagi orzu-umid rejalari, kasb qaysi egasi boʻlmoqchi ekanliklari haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan bolalarning barkamol inson boʻlib yetishishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, bunga javoban bolalarning yetuk inson boʻlib yetishishlari uchun nimalarga eʼtibor qaratishlari lozimligi haqida ular bilan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida esa bolalarga vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun badiiy kitoblar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться