O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyoti belgilab berildi
2021-01-18 | Jamiyat
Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida yurtimizning barcha sohalaridagi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratilib, joriy yildagi muhim maqsad va vazifalar ham belgilab berildi.
“Oʻzstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida mazkur Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yoʻlga qoʻyildi.
Agentlikning Buxoro va Navoiy hududiy filiallarida maʼrifiy uchrashuvlar tashkil etilib, Murojaatnomada koʻtarilgan vazifalar, ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar berildi.
Jumladan, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish, sanoat korxonalariga amaliy yordam koʻrsatish, milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish hamda zamonaviy sinov laboratoriyalari yuzasidan maʼlumot berildi.
Tadbir soʻnggida xodimlarning savollariga javoblar berildi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi