O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
IT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha “Future Skills Uzbekistan” yangi o‘quv loyihasiga start berildi
2021-01-12 | Texnologiyalar
IT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha “Future Skills Uzbekistan” yangi o‘quv loyihasi ishga tushuriladi.
Mazkur loyiha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Future Skills Uzbekistan” loyihaning maqsadi - axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirishdir. Loyiha 3 ta asosiy bosqichdan iborat bo'lib, professional ta’lim va IT mutaxassislarni tayyorlash, IT mutaxassisining malakasini baholash va malaka pasportini berish, IT mutaxassisi ishga joylashish va mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanish (frilanserlik) bo‘yicha yordam ko‘rsatish masalalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Kompleks o‘quv dasturi 9 oy davom etadi va Respublikaning barcha viloyatlarini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrini qamrab oladi. Dastur narxi – 400 000 so‘m oyiga.
Dastur ishtirokchisi bo‘lish uchun nomzod 16 yoshdan oshgan, ish bilan ta’minlanmagan bo‘lishi kerak, shuningdek, tanlovoldi saralash bosqichidan muvaffaqiyatlri ravishda o‘tish kerak: mantiqiy testdan, kompyuter savodxonligi bo‘yicha hamda ingliz tili darajasini aniqlash uchun testlardan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘ga kvotalar bo‘yicha ishsiz va ish izlayotgan shaxslarnining o‘qish to‘lovining 50 foizini qoplab beradi (ishtirokchilar umumiy sonining 70 foizdan oshmasligi kerak). Potensial ish beruvchi yoki o‘quvchi tomonidan 50 foiz qoplanadi.
Ishsiz va ish izlayotgan shaxslar sonidan 30 foiz dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarning o‘qish xarajatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qoplanadi.
Loyihada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati 2021-yil 18-yanvar kunidan boshlab quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: http://futureskills.uz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi