O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bahrayndan munosabat: Moturidiyning «jaholatga qarshi maʼrifat» g‘oyasi asosida islom dinining ilm-maʼrifat, tinchlik-osoyishtalik g‘oyalarini aholiga, ayniqsa, yoshlarga yetkazishimiz zarur
2021-01-08 | Madaniyat
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Moturidiylik – moʻtadil taʼlimot» mavzusida onlayn xalqaro seminar o‘tkazildi, xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi matbuot xizmati syeminarda Bahrayn universiteti arab tili va islomshunoslik kafedrasi professori, islom ilmlari bo‘yicha yetakchi olim Adnon Muhammad Zarzur maʼruza qildi.
– Ayni paytda insoniyat Imom Moturidiyning fikr-mulohazalariga ehtiyoj sezmoqda,– deydi Adnon Muhammad Zarzur. – Chunki inson qadr-qimmati, uning jamiyatda tutgan o‘rni Moturidiy taʼlimotida yuksak o‘rinni egallashi, shubhasiz. Mazkur bilimlarni mufassal o‘rganish va tadqiq etish orqali “jaholatga qarshi maʼrifat” g‘oyasi asosida islom dinining ilm-maʼrifat, maʼnaviy poklik, tinchlik-osoyishtalik, bag‘rikenglik, taraqqiyot va bunyodkorlikka chaqiruvchi g‘oyalarini aholiga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish zarur.
Olim har qaysi yurtning milliy-diniy qadriyatlarini asrab-avaylash, yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, islom olamida mutaassiblik hamda aqidaparastlik g‘oyalari tarqalishining oldini olishda islom dini va Moturidiylik taʼlimoti muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar Imom Moturidiyning hayoti, ilmiy faoliyatiga to‘xtalib o‘tishdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi