“Jartepa” chegara bojxona posti eksport-import tartibidagi yuklar harakati uchun ochildi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-apreldagi 20-sonli yig‘ilish bayoni bilan yuk avtotransport vositalari Tojikiston Respublikasiga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkinligi belgilangan edi.
Bu esa o‘z navbatida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning eksport tovarlarini olib chiqishida noqulaylik tug‘dirishi bilan bir vaqtda tovarlarni olib kirilishida qo‘shimcha vaqt va xarajat sarflashiga olib kelib, mahsulotlarning tannarxiga ta'sir ko‘rsatayotgan edi.
Mana shuni inobatga olgan Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlarini vaqt va xarajatlarini tejash hamda ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshlashiga respublika maxsus komissiyasidan ruxsat olib berdi.
Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari mazkur post orqali o‘z tovarlarini qo‘shni davlatga muammosiz eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi