O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Botir Zaripov tadbirkorlar muammolarini o‘rganishda davom etadi

2021-01-06 | Iqtisodiyot

Pandemiya davrida iqtisodiy sohada yuzaga kelgan muammolarning oldini olish kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Bu borada buxoroda ham aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov boshchiligidagi sektorlar rahbarlari, Buxoro shahar hokimligi mutasaddilari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat korxona va tashkilotlari mas’ullari Buxoro shahri sanoat zonasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati va hududda investorlar tomonidan belgilangan investitsiya majburiyatlarining bajarilish holati bilan navbatdagi kungi tanishuvi chog‘ida ham ayni shu masalalar e’tibor markazida bo‘ldi. 

Dastlabki manzil Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan ip-gazlama va bo‘z ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Naqsh oydin” MChJ bo‘ldi. Botir Zaripov korxona faoliyatini ko‘zdan kechirib, tadbirkor bilan suhbatlashdi.

Jamiyat rahbari Ulug‘bek Hamroyevning ma’lum qilishicha, ayni paytda 22 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxona tomonidan 2020-yilda 250 ming AQSH dollarilik mahsulot eksport qilingan. Hozirda korxona faoliyatini yanada kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun Janubiy Koreyadan texnologik uskunalar olib kelinishi ko‘zda tutilgan. Natijada qo‘shimcha 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. 

O‘z navbatida viloyat rahbari korxona faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq qanday muammolar borligi bilan ham qiziqdi. Bildirilishicha, hozirda korxonaning bir maromda ishlashini ta’minlashda tabiiy gaz bosimi pastligi masalasi mavjud. Shuningdek, yangi texnologik uskunalarni olib kelish va o‘rnatish jarayonida tijorat bankining 300 ming AQSH dollarilik kredit mablag‘i zarur bo‘ladi. 

Viloyat rahbari mazkur masalalarni tez muddatda hal etish bo‘yicha “HududgazBuxoro” gaz ta’minoti filiali va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mutasaddilariga topshiriq berdi. 

Shuningdek, Botir Zaripov mutasaddilarga shunday korxonalar sonini ko‘paytirish, matodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oluvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Peshko‘ tumanidagi “Hamro Rahmon chorva” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan  “Shuhratmashservis agrosaxovati” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ko‘pchilikka yaxshi tanish. 

Gap shundaki, jamiyatda parrandachilik uchun zarur uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan. Jo‘jani sanoat usulida parvarishlash uchun turli o‘lchamdagi kataklar, tovuqlar patini tozalovchi apparatlar, ozuqani maydalash va tarqatish jihozlari tayyorlanayapti. E’tiborlisi, bu uskunalarning barchasi jamiyat rahbari tomonidan o‘zimiz ixtiro qilingan. 

Botir Zaripov mazkur jamiyatning Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan filiali bilan yaqindan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. 

Jihozlarning ixchamligi, tejamkorligi, qo‘l mehnatini yengillashtirishi bilan buyurtmachilarga ma’qul tushishini alohida ta’kidladi. Jamiyat faoliyatini yanada faollashtirish yuzasidan fikrlashib olindi.

Mamlakatimizda avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashuvlari sohasidagi xizmatlarning deyarli yuz foizi bugun aynan xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Buni Buxoro shahrida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatlarini taklif etayotgan “Alixan trans servis“ MChJ misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Korxona mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yillik tantanalari arafasida Xitoy Xalq Respublikasidan “Asia star” rusumli 65 ta avtobus olib kelgan edi. Eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy avtobuslar hozirda Buxoro shahri aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Viloyat rahbari mazkur jamiyat faoliyati bilan ham tanishdi. Korxona rahbariyati bilan kelgusi rejalar va mavjud muammolar haqida muloqot qildi. Mutasaddilarga aholi talabidan kelib chiqib, yangi yo‘nalishlar ochish, mavjudlarini qayta ko‘rib chiqish, avtobus bekatlarini rekonstrusiya qilish, bunga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida sanoat zonasida joylashgan issiqxona xo‘jaliklari, neft va gaz sanoati korxonalari, beton mahsulotlari, polietilen qoplar, qurilish materiallari ishlab chiqarish subyektlaridagi holat, mavjud muammolar yechimiga alohida e’tibor qaratildi. 

Bu kabi o‘rganishlar davom etadi. Bu haqda rasmiy sahifalarimiz orqali batafsil axborot berib boramiz.

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться