O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyati mahallalari, tuman va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kompleks dasturini tayyorlash borasidagi ishlarning borishi ko‘rib chiqildi

2021-01-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Urganch shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida Xorazm viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi ishlarning monitoringiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, to‘rt sektor rahbarlari hamda Xorazm viloyatining tuman va shaharlaridagi barcha 519 mahalla raislari ishtirok etdi.
 
Viloyatning tuman va shaharlariga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari hamda tijorat banklari rahbarlarining ijtimoiy va muhandislik infratuzilma ob'ektlari, va aholi turmush sharoitlarining bugungi holatini tahlil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan mahallalar kesimida dastlabki hisobotlari ko‘rib chiqildi.
 
Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi istiqbolli tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan investisiya loyihalarini, shuningdek, muhandislik kommunikasiyalarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash, suv, gaz, issiqlik va elektr ta'minoti tizimlarini modernizasiya qilish hamda ijtimoiy ob'ektlarni qurish va ta'mirlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan har bir mahalla uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini tayyorlash jarayoni ko‘rib chiqildi.
 
Ushbu dasturlar har bir mahallaning iqtisodiy salohiyati, aholi bandligining asosiy yo‘nalishlari, infratuzilmaning bugungi holati va ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarurligi ta'kidlandi.
 
Tadbir davomida Xorazm viloyatida umumiy qiymati 9,8 trln so‘mlik 686 ta investisiya loyihasi amalga oshirilishi va buning natijasida 15 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilganligi haqida so‘z bordi.
 
Tadbirkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish bilan ishsiz aholini kasanachilikka jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Shunday qilib, 1848 ta aniq korxona bilan hamkorlik qilib 55 mingdan ortiq oila chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida barqaror daromad manbalari bilan ta'minlanadi.
 
Ishlab chiqilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun bo‘sh yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, muhandislik infratuzilmasini modernizasiya qilish va mahallalarni obodonlashtirish doirasida qurilish-ta'mirlash ishlari ro‘yxatlarini shakllantirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz qatlamlarini ish bilan ta'minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.
 
Joylardagi mavjud vaziyatni atroflicha va xolisona o‘rganish, aholi va tadbirkorlarning real muammolari bilan tanishish, kamchiliklarni bartaraf etish va qisqa muddatlarda aniq natijalarga erishishga qaratilgan samarali yechimlarni ishlab chiqish maqsadida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining mahalla raislari bilan yaqin hamkorlik qilishi zarurligi qayd etildi.
 
Uchrashuv davomida mahalla raislari ham aholi bandligini ta'minlash va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha bir qator takliflarini bildirdilar.
 
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga Xorazm viloyatining mahalla, tuman va shaharlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tayyorlash ishlarini jadallashtirish va ularni bevosita bajarishga kirishish topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться