O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalari belgilab olindi

2021-01-04 | Iqtisodiyot

Shu yilning 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov rahbarligida Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va joriy yildagi ustuvor vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirning barcha o‘rinbosarlari, Vazirlikning boshqarma va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
 
Videokonferensiya shaklida kechgan tadbir davomida 2020-yilda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi, ular asosida alohida boshqarmalar va tarkibiy bo‘linmalar ishi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Joriy vazifalarni bajarish samaradorligi va tezkorligini  oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari doirasida shu yil uchun belgilangan ish rejalari va kutilayotgan natijalar ko‘rib chiqildi.
 
Tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalar va tashqi savdo faoliyatini monitoring qilish, yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish, investitsiyalarni jalb qilish, sanoat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tadbirkorlar va eksportchilarga amaliy yordam berish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha tadbirlar sifati hamda ularning o‘z vaqtida bajarilganligiga har tomonlama baho berildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha konstruktiv takliflar ishlab chiqildi.
 
Yig‘ilishda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining mas'uliyatini yuksaltirish, shuningdek, ularni vazirlikning strategik maqsadlarini amalga oshirishga jalb qilish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlariga tegishli taklif va mexanizmlarni ishlab chiqish topshirildi.
 
Ishni tashkil etish tamoyillari va xizmat masalalarini hal qilishda tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tartibi ham qayta ko‘rib chiqildi. Yakuniy natijaga erishish uchun ish jarayonida tegishli boshqarmalarning solidar javobgarligi asosida yaqin hamkorlik qilish muhimligi ta'kidlandi. Tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yuqori sifatli investitsiyalarni jalb etish va tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda Vazirlik tarmoq boshqarmalarining o‘rni va mas'uliyati alohida ko‘rib chiqildi.
 
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha yaqin istiqboldagi vazifalar belgilab olinib, mutasaddi rahbar va xodimlarga kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться