O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishga yangicha yondashuv

2021-01-04 | Iqtisodiyot

Shu yilning 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi ishchi guruhi vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini jalb etgan holda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va kelgusidagi jadal o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Ayni paytdagi mavjud ahvolni chuqur va xolis tahlil qilish, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mahallalarda “Mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida ish olib borish zarurligi belgilab olindi. Qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, qambag‘allikni qisqartirish hamda aholining turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifalari qo‘yildi.
 
Ishchi guruhi a'zolari - vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari Urganch, Xiva va Nukus shaharlariga, shuningdek, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlariga, xodimlari esa ularning hududida joylashgan mahallalarga biriktirildi. Xorazm viloyatining 519ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 416ta mahalla raislari bilan yaqin hamkorlikda aholini kommunal va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari, ish bilan ta'minlash va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq dolzarb muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
 
O‘z navbatida, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar va sanoat ixtisoslashuviga asoslanib, mahallalarda yangi istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar belgilab berildi.
 
Ushbu sa'y-harakatlar natijasida har bir mahalla bo‘yicha uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirishga oid amaliy chora-tadbirlar rejalari tuzilib, aniq tadbirlar, mas'ul ijrochilar va vazifalarni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
 
Keyingi haftada ishchi guruhi ushbu hududlarda faoliyatini davom ettiradi. Tuman va shaharlarga biriktirilgan mas'ullarning ishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni bir qator vazirliklar, idoralar va tarmoq birlashmalarining rahbarlaridan iborat Respublika shtabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi amalga oshiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться