O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-sanoat palatasi tizimida tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumot

2021-01-04 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etish hisoblanadi.

Bu boradagi ishlarni tashkiliy jihatdan samarali amalga oshirish maqsadida Palata tizimida maxsus bo‘lim tashkil etilib, hududiy boshqarmalarda esa aniq hodim biriktirilgan.
 
Murojaatlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan doimiy ravishda nazorat olib borilmoqda. Bundan tashqari, hududiy boshqarmalarda murojaatlar bilan ishlashning ahvoli muntazam ravishda Palata hodimlari tomonidan o‘rganib chiqiladi vanatijalari muxokama etiladi.
 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish ishlarining ahvoli har 6 oyda umulashtirilib, Palata ijroiya qo‘mitasida muhokama etilib kelinmoqda.
 
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2020-yil mobaynida Palata tizimiga jami 15025 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 12303 tasi Palataning viloyat hududiy boshqarmalari va joylardagi tuzilmalariga, 2722 tasi Palataning Ijro etuvchi qo‘mitasiga kelib tushgan.
 
Tadbirkorlik sub'ektlaridan kelib tushgan ushbu murojaatlarning katta qismi quyidagi masalalarda kelib tushmoqda.
 
Bular:
 
-yuridik ko‘mak, ta'sis hujjatlari tayyorlash –26%;
 
-konsul'tasiya va maslahat xizmatlari – 7%;
 
-investisiya va xorijiy hamkorlarni jalb etishda ko‘mak – 5%;
 
-mahsulot va xizmatlarini eksport qilish – 9%;
 
-bank-moliya, kredit, garov ta'minoti –4%;
 
-biznes rejalar tayyorlash – 1%;
 
-tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalarga huquqiy tushuntirish berish –18%;
 
-bo‘sh turgan bino-inshootlarni “nol'” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi sohasida – 5%;
 
-noqonuniy aralashuvlar – 9%;
 
-infratuzilma tarmog‘idagi uzilishlar – 4%;
 
-koronavirus pandemiyasi natijasida faoliyatida zarar ko‘rish – 12%.
 
Hisobot davrida Palata Ijro etuvchi qo‘mitasiga kelib tushgan jami murojatlarning 2458 tasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan kelib tushgan 18 ta murojaat Palataning mas'ul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
 
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasi bilan Palata o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, unda bugungi kunga qadar tadbirkorlik subyektlaridan 299 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, Palata vakolati doirasida ko‘rib chiqildi.
 
Ta'kidlash lozimki, Palataning hududiy boshqarmalarida tadbirkorlarni bevosita qabul qilish ishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda va tizimli ravishda tadbirkorlarning muammolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.
 
Jumladan, Palata Ijro etuvchi qo‘mitasiga tashrif buyurgan tadbirkorlik sub'ektlari va fuqarolar jami 311 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning 78 tasi Palata rahbariyatining qabullarida bo‘ldi hamda ularga o‘rnatilgan tartibda amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rib chiqildi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться