O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston xalqaro Qurʼon, azon va hadis musobaqalarida o‘z mukofotini joriy qiladi

2021-01-03 | Jamiyat

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasi  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qaror loyihasida ziyorat turizmi yo‘nalishida to‘g‘ri targ‘ibоtni yo‘lga qo‘yish va ziyorat obyektlari haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi –Xorazm Maʼmun akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Mir arab oliy madrasasi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida 3 shtat birligidan iborat «Ziyorat turizmni rivojlantirish ilmiy bo‘limi» tashkil etiladi. 

Ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obyektlari va ziyoratgohlarning 2021–2026 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi  tasdiqlanadi.

Bundan tashqari, hujjat loyihasida 2020–2021 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi (bahorgi semestr)dan boshlab «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida, 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida «ziyorat turizm», «transport logistikasi» va «kreativ sanoat» (creative industry) magistratura taʼlim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.

“Umra+O‘zbekiston” ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasidan uchib ketishda pul to‘lanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk og‘irligi qo‘shimcha 10 kilogrammga oshiriladi.

Farmon loyihasidan Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Islom sivilizatsiya markazi joylashgan «Xast Imom» mahallasida qadimiy ipak qog‘ozi markazi, Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofdagi 8 nafar buyuk ulamolar qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi» ni ishlab chiqib, Samarqand shahrida islom dini va mintaqadagi mavjud din namoyondalari merosini aks ettiruvchi tematik xiyobonni yaratish, Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida taniqli mashhur shaxslar innovatsion muzeyini qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifalari o‘rin olgan.

Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2021-yildan boshlab dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qurʼon, azon va hadis musobaqalarida O‘zbekiston nomidan «Imomlar yurtiga sayohat» mukofoti joriy qilinadi.

Shuningdek, 2021-yil avgust oyiga qadar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va  Tashqi ishlar vazirligi dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qurʼon hofizlari va Hadis talabalari musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida grand-finalni O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться