O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4938 Qarori yuzasidan ma'lumot

2020-12-31 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

 
Qarorga muvofiq  2021-yil 1-fevraldan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, nafaqa va stipendiya miqdori 10 foizga oshirilishi belgilangan. Jumladan;
 
2021-yilning 1-fevralidan boshlab mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 747,3 ming so‘m miqdorida;
 
Ma'lumot uchun aytish joizki bugungi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 679,3 ming so‘mni tashkil etadi.
 
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshirilmoqda. Bundan tashqari,
 
2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun nafaqa (434 ming so‘m) hamda kam ta'minlangan oilalarga to‘lanadigan moddiy yordam (326-653 ming so‘m) miqdorlarda;
 
2021-yilning 1-fevralidan mamlakatimizda soliqlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda foydalaniladigan bazaviy hisoblash miqdori 245 ming so‘m miqdorida belgilanmoqda.
 
Vazirliklarning hisobdorligini oshirish hamda “natijaga yo‘naltirilgan byudjet” tizimini joriy etish maqsadida sog‘liqni saqlash, xalq ta'limi, avtomobil' yo‘llari va suv xo‘jaligi tizimida xarajatlarning maqsadli indikatorlari belgilanmoqda.
 
Dasturlar natijadorligi tahlili vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Tahlil natijalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun Moliya vazirligiga kiritiladi.
 
Maqsadli indikatorlar bajarilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish Hisob palatasi va Moliya vazirligiga yuklatilmoqda.
 
Bundan tashqari Moliya vazirligiga byudjet ijrosini ochiqligini ta'minlash maqsadida ikki oy muddatda Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda byudjet ijrosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish tartibini tasdiqlash belgilandi.
 
Bundan tashqari, qarorda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar belgilanmoqda:
 
- 2021-yilda ikkinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari;
 
- ijtimoiy soliq tushumlarini Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga taqsimlash miqdorlari o‘zgarishsiz qolmoqda;
 
- foyda solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha prognozning oshirib bajarilgan qismi to‘liq respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati;
 
- respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablag‘larining eng kam miqdori;
 
- soliq to‘lovchilarga hisobotlar taqdim etish muddatlarini besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmasligi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться