O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Open Data Watch tashkiloti vakillari bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
2020-12-31 | Texnologiyalar
2020- yil 30- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma'lumotlar reytingi uchun javobgar Open Data Watch tashkiloti vakillari Jemison Krouell (Jamison Crowell) va Kaleb Rudov (Caleb Rudow) bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Ushbu tadbir davomida Open Data Watch tashkilotining rasmiy sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) reytingida jahonda eng yuqorilagan davlat bo‘lganligini keng yoritilishi haqida kelishib olindi.
Shuningdek, 2021- yilda Open Data Watch bilan Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlikda seminar, trening va vebinarlar tashkil etilishi haqida dastlabki kelishuvga erishildi.
Ushbu rejalar mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirishga, dunyoda ochiq ma'lumotlarni baholaydigan ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga imkoniyat yaratib beradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi