O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari hamkorlikning asosiy natijalari va uni rivojlantirish rejalarini muhokama qildilar

2020-12-30 | Siyosat

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlab, kirib kelayotgan yangi 2021-yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashdilar, do‘st xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq murakkab sharoitda davlatlarimiz pandemiyaga qarshi kurashish, jahon iqtisodiy va epidemiologik inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda bir-biriga har tomonlama yordamlashgani va amaliy ko‘mak ko‘rsatgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya  imkoniyatlari faol o‘rganilmoqda.

Yuzaga kelgan vaziyat va qiyinchiliklarga qaramay, barcha darajalardagi faol almashinuvlar davom ettirildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari sezilarli o‘sishiga erishildi, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qator yirik loyihalar va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlari yo‘lga qo‘yildi.

Rossiya Federatsiyasi mamlakatimiz MDHga muvaffaqiyatli birinchi bor raislik qilishiga hamda O‘zbekiston Respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomi berilishiga salmoqli ko‘maklashdi.

Suhbat chog‘ida Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga bundan buyon ham qat’iy intilishlari va bu borada birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishlarini tasdiqladilar.

Kelgusi yil rejasiga kiritilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telefon muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Manba: O'zA

Поделиться