O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

2020-12-30 | Siyosat

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari bir-birlarini dildan qutlar ekanlar, kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik, baxt-saodat, muvaffaqiyat va ravnaq tiladilar.

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan global inqiroz oqibatlariga qaramay, yakuniga yetayotgan yilda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalariga, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga, o‘xshash tarix, madaniy va ma’naviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda katta natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari 2021-yilda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma rejalarni, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va xalqaro tuzilmalar, avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi bo‘lajak tadbirlar rejasini atroflicha ko‘rib chiqdilar.

Prezidentlar savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga, kelgusi yilda ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarga boy dasturni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Yangi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Manba: O'zA

Поделиться