O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryo viloyati Shirin shahar va Guliston tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
2020-12-30 | Texnologiyalar
Sirdaryo viloyati Shirin shahar va Guliston tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari o‘z faoliyatini boshladi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur markazlar zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazlarida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan birgalikda o‘quv markazlarida korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi